Mamlakat aholisiga ğamxörlik körsatiş, ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmatga olinadigan fuqarolar tomonidan tölanadigan pul badallari hajmini  kamaytiriş, safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatiga ötkazilayotgan fuqarolar uçun yengillik va qulayliklar yaratiş maqsadida 2018 yilning 2 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli Farmoni e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Farmonga muvofiq, safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatiga qabul qilingan fuqarolar tomonidan maxsus hisob raqamiga tölanadigan pul badali joriy yilning 5 fevralidan boşlab eng kam oylik iş haqining 20 barobari, ya'ni 3 444 800 söm etib belgilandi. 

Unga qadar safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatiga qabul qilingan fuqarolar tomonidan maxsus hisob raqamiga tölanadigan pul badali eng kam oylik iş haqining 27,5 barobari, ya'ni 4 736 600 sömni taşkil etgan.

Joriy yilning fevral-mart oylarida tuman (şahar)  çaqiruv komissiyalari tomonidan safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatiga ötkaziladigan çaqiruv yoşidagi fuqarolar yaratib berilgan uşbu imkoniyatdan keng foydalangan holda yangidan belgilangan pul badali miqdori böyiça şartnomalar imzolab, pul badallarini tölaşlari mumkin böldi.

Eslatib ötamiz, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga asosan 2003 yildan boşlab çaqiruv yoşidagi fuqarolar uçun harbiy xizmat turi sifatida safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmat joriy etilgan. 

Unga muvofiq, muddatli harbiy xizmatni ötaşga yaroqli, çaqiriliş muddatini keçiktiriş va çaqirilişdan ozod etiliş huquqiga ega bölmagan, biroq Qurolli Kuçlar safiga navbatdagi muddatga çaqirilmagan şaxslar safarbarlik çaqiruvi rezervi safiga olinadilar.

Safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmat hududiy prinsip asosida oylik yiğinlar tarzida taşkil etilgan bölib, çaqiriluvçilar tomonidan maxsus hisob raqamga pul badali kiritilişini nazarda tutadi.

Safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmat safiga ön sakkiz yoşdan yigirma yetti yoşgaça bölgan çaqiriluvçilar olinadi va ular har yilgi harbiy yiğinlarga jalb etiladi.

Safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatiga olingan çaqiriluvçilar tomonidan pul badallari, ularni safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatiga olinganidan keyin bir yil mobaynida Davlat-tijorat Xalq banki muassasalari orqali tölanadi. Tomonlarning kelişuviga köra tölov töliq hajmda bir yöla yoxud bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi mumkin.