Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanida yaşovçi 19 yoşli çorvador Umidjon Eşonqulov tuşib qolgan vaziyat, oçiği atrofdagilarni befarq qoldirmaydi...
Gap şundaki, yoş çorvador Şarof Raşidov tuman hokimligiga çorvaçilik faoliyatini fermer xöjaligi sifatida kengaytiriş uçun, bugungi kunda tuman zaxirasida turgan taşlandiq yerni sörab qilgan murojaatlari besamar ketmoqda. Hokimlar öqituvçini sökib, urib, xalqni haqorat qilgan bir paytda, bu nima bölibdi, dersiz?! Ammo...
Aholining muntazam narxi oşib borayotgan sifatli göştga bölgan talabi öz vaqtida qondirilmayapti. Buning ustiga, Ş.Raşidov tuman hokimi yilqiçilik, çorva, zotdor eçki naslçiligi, hudud aholisini sut va göşt mahsulotlari bilan ta'minlaşga ayri köz bilan qaramoqda.
Yoş, şijoatli Umidjon Eşonqulov Jizzax şahar Sailjoy akademik litseyini a'lo baholarga tamomlab, oilaviy çorvaçiligini yanada rivojlantirişni maqsad qildi. Bu faoliyatda ançayin omadi yurişgan Umidjon ötgan ikki yil davomida zotdor qoramollari sonini 55 boş, otlari sonini 52 boş, tuya sonini 2 boş, sut yönalişidagi oq naslli eçkilari sonini 95 boş, mayda şoxli qöylari sonini 300 va parrandalari (ğoz, tovuq) sonini 100 taga yetkazdi.
Oilaviy xöjalik tomonidan birgina 2017 yil davomida 30 boşli naslli buzoq tumandagi çorvadorlarga, 50 tonnadan ziyod sut mahalliy bozorda sotildi. Uşbu faoliyat tufayli oila a'zolarining bandligi ta'minlandi. Havas qilguli natija şundaymi? Lekin Umidjon Eşonqulovning aytişiça, tuman hokimligi yoş çorvador faoliyatiga tösiq qöymaganida, yetarli şaroit yaratganida hozirgi natijalardan uç-tört barobar yaxşiroq samaraga erişiş, qişloqning bir neçta işsiz yoşlarini işli qiliş mumkin edi. Eng asosiysi, bozorga göşt mahsulotlarini köproq yetkazib berib, xalqni arzon mahsulotlar bilan ta'minlaş imkoni bölardi.
Özbekiston Respublikasi “Fermer xöjaligi töğrisida”gi Qonunining 5-moddasiga asosan, Çorvaçilik mahsulotlari yetiştirişga ixtisoslaştirilgan fermer xöjaligi kamida 30 şartli boş çorva moli bölgan taqdirda taşkil etiladi. Fermer xöjaligiga ijaraga beriladigan yer uçastkalarining eng kam ölçami bir şartli boş çorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toşkent, Farğona va Xorazm viloyatlaridagi suğoriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni, boşqa viloyatlar va Qoraqalpoğiston Respublikasidagi suğoriladigan yerlarda kamida 0,45 gektarni, suğorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni taşkil etişi belgilangan.











