Toşkent viloyati Böka tumani hokimi Nö'monali Izbosarov salomatligi bilan boğliq muammolar tufayli egallab turgan vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Izbosarov örniga Bektemir Ibragimov Böka tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Ibragimov 2010-2013 yillarda Toşkent viloyati hokimining qişloq xöjaligi masalalari böyiça örinbosari, şundan keyin 2016 yilga qadar Örta Çirçiq tumani hokimi vazifasida işlagan.
2018 yili 12 oktabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatiga taşrifi davomida Böka tumani hududidagi «Valixon ota» fermer xöjaligi dalasida bölib, paxta terimini közdan keçirgandi. 13 oktabr kuni Toşkent viloyati hokimi farmoyişi asosida 5ta tuman hokimi, xususan Böka tumani hokimi ham ikki oylik maoşlaridan mahrum qilingan.
Paxta hosilini yiğib-terib oliş işlarida yöl qöygan kamçiliklari tufayli tuman IIB boşliği Ixtiyor Hasanov işdan olindi. Şu vaj bilan Böka tumani prokurori va Davlat soliq inspeksiyasi boşliği ham işdan ketgandi.

















