Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning farmoyişi bilan Buxoro, Qorovulbozor va Peşko‘ tumani hokimlari hamda viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari intizomiy jazoga tortildi. Hujjatga köra, ular 2023 yil bahor mavsumida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat va qalamçalar ekiş işlarini qoniqarsiz taşkil etgan.

Ta’kidlanişiça, viloyatda 2023 yil bahor mavsumida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi böyiça 9,7 mln dona köça va qalamçalar ekiş reja qilingan. Tasdiqlangan jadvalga muvofiq ekiş tadbirlari joriy yilning 1 fevralidan boşlanişi belgilangan. Ammo ayrim hududlarda jarayonga töliq kirişilmagani sababli bugungi kunda viloyat böyiça 394,8 ming dona köçat ekilgan.

Şuningdek, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning farmoyişi bilan Karmana tumani hokimi Fahritdin Umarovga “hayfsan” intizomiy jazosi qöllangan. Bunga tuman hokimining iş faoliyati davomida öziga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlaşda xato va kamçiliklarga yöl qöygani, mehnat va ijro intizomini buzgani hamda qiş mavsumini betalafot ötkaziş işlarini yetarliça taşkil etmagani sabab qilib körsatilgan.

Fahritdin Umarovga 4 oy oldin ham ayni şu sabab – öziga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlaşda xato va kamçiliklarga yöl qöygani uçun “hayfsan” berilgandi. Ammo viloyat rahbarining bu farmoyişi E-qaror tizimidan öçirib yuborilgan.

Oldinroq poytaxtdagi 3 ta tuman hokimi qişga tayyorgarlik körmagani uçun intizomiy jazoga tortilgandi.