Dunyodagi eng yirik zaharli ilon – qirol kobrasining eng yirik ilon – böğma ilon bilan olişuvi ikkisi uçun ham ayançli yakunlandi. Olişuvda ilonlardan heç biri omon qolmadi. Uşbu olişuvning ayançli yakuni tasvirlangan surat ijtimoiy tarmoqlarda jadal tarqaldi.

Uşbu surat Imgur portalida joylaştirilgan. Surat muallifining aytişiça, u Janubi-Şarqiy Osiyoda olingan. Surat 250 mingdan köproq marta tomoşa qilingan va 7 mingdan köproq “layk” töplagan. Suratga izoh berganlarni nafaqat ölik ilonlar, balki atrofdagi çiqindilar ham hayratga solgan.

Foto: imgur.com

“Köp tabiat va köp plastik. Zamonaviy hayot afsuski şunday”, deb aytgan foydalanuvçilardan biri.

“Menga şu yerga bormasligim uçun uning aniq manzili kerak”, deb hazil qilgan yana bir foydalanuvçi.