Indoneziya qişloqlaridan birida beş metrli böğma ilon örmonda ösimlik yiğayotgan 45 yoşli ayolni yutib yubordi. Mahalliy aholi haddan taşqari töyib ketgan ilon yonida ayolning kiyimlarini topib oldi.
45 yoşli Farida Janubiy Sulavesi provinsiyasida yaşagan. 6 iyun kuni u örmondan uyga qaytmagan. Yöqolgan ayolning eri uning narsalarini örmondan topib olgan, bu unga şubhali tuyulgan. U xotinini qidirib topiş uçun mahalliy aholi yordamiga tayangan.


Ertasi kuni ular qorni katta bölgan ilonni topgan va uni yorib, ayol jasadini çiqarib olgan. Qayd qilinişiça, jasaddagi yaralarga qaraganda, ilon dastlab ayolning oyoğiga tişlarini botirgan, söng uning tanasiga öralib, böğib öldirgan va yutib yuborgan. Marhumning tört farzandi qolgani aytilmoqda.
Ta’kidlanişiça, u 2017 yildan beri Indoneziyada böğma ilonning beşinçi qurbonidir.
Törli böğma ilon dunyodagi eng katta ilon bölib, uzunligi 7 metrga yetişi mumkin. Fanga ma’lum bölgan eng uzun böğma ilon 1912 yilda topilgan va 10 metrga yetgan.
Törli böğma ilonlar Janubi-Şarqiy Osiyoda yaşaydi. Ular ba’zan hatto oçiq dengizga ham suzadi va keçqurun yoki tunda ov qiladi. Kunduz kunini daraxtlar yoki ğorlarda ötkazadi.












