Bortida 22 nafar hind dengizçisi bölgan Marine Express neft tankeri Ğarbiy Afrika sohillari yaqinida yöqoldi.

Panamada qayd qilingan kema ekipaji ikki kundan beri aloqaga çiqmayapti. Kema ekipaji oxirgi marta tanker Benin sohillarida langarda turganda aloqaga çiqqan. 

Kema egalari u qaroqçilar tomondan yukni talaş yoki pul undiriş maqsadida olib qoçilgan bölişi mumkinligini aytişmoqda, çunki tanker umumiy qiymati 8,1 mln dollarlik 13,5 tonna neft olib ketayotgan bölgan.

Hindiston kemaçilik vazirligi tankerni qidirişda yordam sörab Benin va Nigeriya hukumatiga murojaat qilgan.