NASA koinot agentligi tadqiqotçilari Saturn yöldoşi Titan atmosferasida unda mikroorganizmlar borligidan darak beruvçi moddani aniqlaşdi. Bu haqda Phys.org saytida çop etilgan xabarda aytilgan.
Titan sirtidan 200 km balandlikda mikroorganizmlar hujayra membranalarining şakllanişida iştirok etuvçi birikmalar – akrilonitrilning kiçik miqdorda borligi qayd qilindi. Bu birikmalar metan okeanlarida yaşaşi taxmin qilinmoqda.
Molekulalar Titanning janubiy qutbida aniqlangan. Titanda hukm suruvçi past haroratlarda (Tselsiy böyiça 179 daraja sovuq) akrilonitril tomçilarga birlaşib, metan köllarga tuşadi. Tajribaning körsatişiça, Titanning şimoliy qismida uşbu moddadan bir kub santimetrda ön minglab tirik hujayralarni yaratişga yetişi kerak, bu esa sayyoramizdagi okeanlar yaqinidagi hududlardagi bakteriyalar sonidan köproqni taşkil qiladi.
Olimlar akrilonitrilni topiş uçun Atacama Large Millimeter Array radioteleskoplar majmuasidan foydalanişgan.












