Jahon uyqu jamiyati "Kattalar uçun uyqu gigiyenasining 10 qoidasi"ni işlab çiqdi. "Layfxaker"da aytilişiça, şu qoidalarga rioya qilinsa, uyqu bilan boğliq muammolar sizni çetlab ötadi.

1. Har doim bir vaqtda uxlaş va uyğonişni odat qiling

Köpçilik dam oliş kunlari uyqudan keçroq turişga harakat qiladi. Biroq olimlarning fikriça, bunday beqarorlik tufayli bizning sirkad ritmimiz buzilişi mumkin ekan. Uyquni yaxşilaş uçun har kuni bir vaqtda uxlaşga yotib, bir vaqtda uyğoniş tavsiya etiladi.

2. Çarçoqni his qilsangiz, biroz mizğib oling

Biroz mizğib olsangiz, özingizni yana tetik his qila boşlaysiz. Biroq şuni ham inobatga oliş kerakki, peşindan keyingi uyqu 45 daqiqadan oşmasligi kerak.

3. Zararli odatlardan voz keçing

Mutaxassislar spirtli içimliklarni iste'mol qilmaslik va heç bölmaganda, uxlaşga yotişdan 4 soat oldin çekmaslikni tavsiya qilişadi. Bu odatlardan butunlay voz keçsangiz, yanada maqsadga muvofiq böladi.

Yaxşi odatlar uyqu sifatiga ijobiy ta'sir körsatadi. Köp tadqiqotlarning körsatişiça, uyqu sifati unga ketgan vaqtdan-da muhim ahamiyatga ega.

Liborio Parrino, Parma Universitetining nevrologiya professori va Xalqaro Uyqu kuni qömitasi raisi

4. Kofein iste'molini qisqartiring

Jahon uyqu jamiyati tavsiyalariga köra, uxlaşga yotişdan kamida 6 soat avval kofein iste'molini töxtatiş kerak. Şuni yodda tutingki, u nafaqat qahvada, balki çoy, gazli içimliklar va hatto şokoladda ham bor.

5. Uyqu oldidan töyib ovqatlanmang

Yengilgina tamaddi qiliş mumkin. Biroq uxlaşga yotişdan 4 soat avval oğir, aççiq taomlar va şirinliklar iste'molidan saqlaniş lozim.

6. Uyqu oldidan sport bilan şuğullanmang

Mutaxassislarning sözlariga köra, sport bilan muntazam ravişda şuğullaniş kerak. Biroq uxlaşga yotişdan oldin jismoniy maşqlar bilan şuğullaniş uning sifatiga ziyon yetkazişi mumkin.