Inson öz hayoti, taqdirini özgartirib, uni muşkul ahvolga solayotgan “dalil”dan ustun çiqiş uçun nima qilişi kerak? Buning uçun qança vaqt kuraşişi kerak?
Qarşilik Ibrohim aka va uning turmuş örtoği Sabohat opa bir parça qoğozni deb nega ming bir maşaqqat, iztirobga duçor qilindi?
ÖzA’ning yozişiça, 1991 yili Tojikistondan Özbekistonga köçib kelgan bu oila Qaşqadaryo viloyatining Qarşi tumanidagi Saxlak qişloğida 2012 yilgaça, xalqimiz ta'biri bilan aytganda, “tub qöyib, palak yozib” bölgan edi. Olti nafar farzand tuğilib, oila kattalaşgan, mahalla-köyga ham singib ketişgan edi.
Bu orada ular ikki marta pasport ham almaştirdi. Şunça vaqt indamagan, qöllariga ikki martalab pasport tutqazgan tuman "pasport stoli"dagilar 2012 yilga kelib oila boşliqlari pasportlari haqiqiyligiga şubhalanib qoldi. Bunga qişloq fuqarolar yiğinida mavjud bölgan fuqarolarni qayd etiş daftarida Ibrohim Soliyev va Sabohat Soliyeva ismi-şariflari yozilgan joyga kimdir bir parça qoğoz yopiştirib qöygani bahona böldi.
Oilada bu mavhumlikdan iztirob çekiş, idorama-idora, sudma-sud çopişdek maşaqqatli kunlar boşlandi. Axir inson pasportsiz heç kim emas. Ortga qaytişga ham yöl yöq. Çunki 21 yilda qaytar yöl ham yöqolgan edi. Qolaversa, bu oila Özbekistonga mehr qöygan, unga çuqur singib, uning bir bölagiga aylanib bölgan edi.
Nahotki, kim yopiştirgani noma'lum bölgan şu parça qoğozni olib taşlab bölmaydi? Nahotki, şu qoğozdan insonni ustun qöyib bölmaydi?
Ha, bu savollar olti yil javobsiz qoldi. Oila boşliqlari nafaqat pasportsiz, balki fuqarolikdan ham mahrum böldi. Biroq Ibrohim aka boşiga tuşgan bu körgulikka mutlaqo könmadi. Ovorai sarson bölsa-da, sudga borişdan erinmadi. Bu iş qayta-qayta körildi. Garçi “qalbaki pasport” egalari har safar oğir jazoga tortilmasdan, ularga amnistiya qöllanilgan holda sud majlisi tugasa-da, “sudlanuvçi” bunday qaror bilan kelişa olmadi. Çunki u aybsiz ekaniga, pasportini qaytarib olişiga işonardi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev fuqarolarning sudma-sud ovorayu sarson bölib yurişi kabi salbiy amaliyotga barham beriş, sudning adolatli qarorlar qabul qiliş borasidagi mas'uliyatini oşiriş zarurligiga e'tibor qaratayotgani Soliyevlar oilasiga katta umid berdi.
2018 yil yanvar oyida Soliyevlarning sudi Qaşqadaryo viloyati Nişon tumanida bölib ötdi.
– Işdagi barça holatlar, oila boşliqlarining mamlakatimizda uzoq muddatdan beri istiqomat qilayotgani, avval pasportlari mavjud bölgani, fuqarolar yiğinidan ijobiy tavsiflangani inobatga olinib, sud ularni oqlaş kerak, degan töxtamga keldi, – deydi Jinoyat işlari böyiça Nişon tumani sudi raisi Ilhom Rahmonqulov. – Albatta, oddiy tuşunmovçilik bir oilaning uzoq vaqt sarson bölişiga olib kelgan. Bu borada xato va kamçiliklarga yöl qöygan mas'ul xodimlarga nisbatan çora köriş uçun tegişli idoralarga xususiy ajrim çiqarildi.











