29.01.2018 yildagi ÖRQ-463-son Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga ma'muriy işlar yuzasidan sud hujjatlari qayta körilişini batafsil tartibga soluvçi alohida bob kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Unda sud hujjatlari ustidan kassatsiya, nazorat tartibida şikoyat (protest) beriş (1-jadvalga qarang), şuningdek ularni yangi oçilgan holatlar böyiça qayta köriş tartibi (2-jadvalga qarang) belgilangan.

Şunisi e'tiborliki, ma'muriy işlar böyiça birinçi instansiya sudlarining qarorlari ustidan şikoyat (protest) berişning apellyatsiya tartibi nazarda tutilmagan. Biroq qabul qilingan tuzatişlar kuçga kirgunga qadar amaldagi qoidalarga rioya etiş zarur.  

Ma'lumot uçun: bugun tuman (şahar) ma'muriy sudi çiqargan qarori ustidan 10 kun davomida uşbu sud raisi yoxud yuqori turuvçi ma'muriy sudga şikoyat qiliş mumkin. Agar körsatilgan muddatda qarori ustidan şikoyat qilinmasa, u qonuniy kuçga kiradi hamda keyinçalik kassatsiya va nazorat tartibida qayta körib çiqilmaydi.

Qonun 1.04.2018 yildan kuçga kiradi.