«Napoli» Italiya çempionatining 23-turida «Benevento» maydoniga safar qildi. Uçraşuv mehmonlar jamoasining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Öyinda gollarga Dris Mertens va Marek Hamşik mualliflik qilişdi.

Uşbu ğalaba neapolitanliklar uçun qatorasiga yettinçi ğalaba böldi. Jamoa A Seriyada ötgan yilning 1 dekabridan buyon mağlubiyatga uçragani yöq. Öşanda jamoa «Yuventus»ga yutqazgandi (0:1).

Navbatdagi ğalabadan keyin «Napoli» «Yuventus»ni bir oçkoga ortda qoldirib, yana turnir jadvalida peşqadamlikni öz qöliga oldi.

Italiya çempionati
23-tur
Benevento – Napoli 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 20 Mertens, 0:2 – 47 Gamşik.
Benevento – Pudjoni, Letitsia, Gimsiti, Kosta, Venuti, Sandro (Del Pinto, 83), Brinola (Koda, 63), Kataldi, Djuriçiç (Memuşay, 68), D'Alessandro, Gilerme.
Napoli – Reyna, Xyusay, Albiol, Kulibali, Mariu Ruy, Allan, Jorjino (Diavara, 78), Gamşik (Zelinski, 70), Kalexon, Mertens (Rog, 76), Insine.
Ogohlantiriş: Gimsiti (73).