Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasining Patrul-post xizmati bataloni tarkibida “Ezgulik patruli” guruhi taşkil etilib, Samarqand viloyatining madaniy meros obektlari, muqaddas qadamjolari, şuningdek fuqarolar gavjum böladigan joylarida xizmat olib borişi yölga qöyildi. Mazkur uslubning avvalgisidan asosiy farqi şundaki, “Ezgulik patruli”- guruhi tarkibini erkak xodim bilan ayol xodima taşkil etib, bunda, ayollar fuqarolar bilan yuzaga kelişi mumkin bölgan ziddiyatli vaziyatlarni bartaraf etiş va özaro munosabatlarni tartibga soliş sifatlari ham e'tiborga olindi.

Foto: kun.uz

“Ezgulik patruli”ning asosiy vazifalari sifatida xizmat olib borişi belgilangan obektlarda jamoat tartibini saqlaş va jamoat xavfsizligini ta'minlaş, jabrlangan, noqulay ahvolga tuşib qolgan va yordamga muhtoj fuqarolarga birinçi tibbiy yoki boşqa zaruriy yordam körsatiş, belgilangan yönalişda huquq-tartibotni piyoda patrullik qiliş yöli bilan ta'minlaş kabilar belgilangan. 

Foto: kun.uz

Qayd etiş joizki, belgilangan yönalişda xizmat olib borayotgan xodimlarning yonida özlariga biriktirilgan zaruriy ekipirovka bilan bir qatorda birinçi tibbiy yordam uçun zarur bölgan dori vositalariga ega dori qutiçasi (apteçka) mavjud böladi.

“Ezgulik patruli”da xizmat olib borayotgan xodimlar ingliz va rus tillarida erkin sözlaşa oladigan, taşqi körinişi körkam va istarali, birinçi tibbiy yordam körsatiş könikmalariga ega, jismoniy va ruhiy tayyorgarligi yuqori xodimlar bölib, muomala madaniyati yuqori darajada şakllanganligi bilan farqlanadi.

Foto: kun.uz