Joriy yilning 4 fevral kuni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining «1050» qutqaruv xizmatiga Termiz şahrida yaşovçi fuqaro S.B. tomonidan murojaat kelib tuşdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Olingan ma'lumotga köra, fuqaro S.B.ning uyining temir eşigi berkilib qolganligi, 13 yoşli bolasi uyda uxlab yotganligi, çoy damlaş uçun gazga suv qöyganligi va eşikni taqillatsa ham heç kim javob bermayotganligi sababli xavotir olayotganligi ma'lum bölgan.

Qutqaruvçilar zudlik bilan Yonğin xavfsizligi xizmati va Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini jalb qilib, voqea joyiga öz vaqtida etib borişdi.

Foto: FVV

Qutqaruv guruhi tomonidan eşik oçilganda, konditsioner ulangan rozetka erişi natijasida uyning içi tutun bilan tölganligi hamda u yerda ösmir bola huşsiz yotganligi aniqlandi. Qutqaruvçilar bolani tezkorlik bilan tez tibbiy yordam xodimlariga olib çiqişdi va unga birinçi tibbiy yordam körsatilgan.