Şri-Lankada sayyohlar kiyikni tutib, uni yutib yuborgan 4 metrlik böğma ilonni videoga olişdi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda.
Rolik yanvar oxirida mamlakatning janubidagi Bundala milliy boğida suratga olingan. Uzunligi 4,3 metr keladigan ilon kiyikni naq bir soat davomida “tanovul qilgan”.
Boğ xodimining aytişiça, ilonning odamlar köz öngida öljasini yutişi noodatiy hol hisoblanadi, çunki ular odamlar nigohini sezgaç, öljani taşlab “jönab” qolişadi. Xodimning ta'kidlaşiça, ulkan ilon endi bir neça oy “qornini töyğaziş”ni öylamasa ham böladi.
Bundala milliy boği xalqaro ahamiyatdagi tabiat obekti hisoblanadi. Qöriqxonada 324 turdagi umurtqali jonzot, jumladan 32 turdagi baliq, 15 turdagi amfibiya, 48 turdagi sudralib yuruvçi, 197 turdagi quş va 32 turdagi sut emizuvçi qayd qilingan. Bundan taşqari, boğda 52 turdagi kapalak va boşqa köplab turdagi umurtqasizlar yaşaydi.











