Angliya terma jamoasi a'zosi Adam Lallana «Liverpul» yoşlar jamoasi tarkibida «Tottenhem»ga qarşi öyinda iştirok etdi. Safar uçraşuvida mersisaydliklar jamoasi  kiçik hisobda mağlubiyatga uçradi. Öyinning 63-daqiqasida esa öyin natijasidan köra e'tiborliroq voqea sodir böldi. Adam havoda töp uçun kuraşda Jorj Marş bilan töqnaşdi, avvaliga Marş uning boşiga bexosdan urib yubordi va öyinni davom ettirdi. Ammo zarbadan jahli çiqqan Adam ortdan kelib, uni böğa boşladi. Marşni maydondagi boşqa futbolçilar zöravon qölidan qutqarib qolişdi, hakam unga qizil kartoçka körsatib maydondan haydadi, Denni Ings jamoadoşini yupatdi.

Lallananing diskvalifikatsiyasi faqat yoşlar birinçiligiga taalluqli böladi, u 11 fevral kuni asosiy jamoa safida «Sauthempton»ga qarşi öyinda iştirok etişi mumkin.

Lallana yozgi yiğinlar vaqtida belidan jarohat olgaç, asosiy tarkibdagi örnini yöqotgandi. 2017 yil noyabrida u safga qaytdi, ammo ikki öyin ötkazganidan keyin yana jarohatlandi.

Adam Lallana ayni vaqtda jarohatidan tiklaniş jarayonida. «Liverpul» murabbiylari uni formasini tiklab olişi uçun zaxira jamoa tarkibiga qöşgan. Lallana soğligidagi muammolar tufayli joriy mavsumda jamoasining APLdagi atigi 7 öyinida qatnaşdi.