Xitoyning Sutsyan qişloğida yaşovçi erkak 800 metr uzunlikdagi beton yölni öğirlab, söngra uni sotib yubordi. Bu haqda South China Morning Post naşri xabar bermoqda. 

Tszyansu viloyati politsiyasining aniqlaşiça, yöqolgan yöl oldida çiqindilar ortilgan yuk maşinasi payqalgan. Maşina rulida heç qayerda işlamaydigan, Çju ismli mahalliy erkak ötirgan bölgan. Söroq vaqtida u yölni öğirlaganini tan olgan. 

“Oxirgi vaqtda bu yöldan köp foydalanilmagan, şu sababli men uni öğirlab, sotib yuboriş haqidagi fikrga keldim”, deb aytgan “yöl öğrisi”. U öz rejasini amalga oşiriş maqsadida ekskavator va bir neçta yuk maşinasi yollagan. Ular bir keçada eni 3,5 metr, uzunligi 800 metr keladigan yöl qoplamasini “ship-şiydon qilişgan”.

Çju 500 tonna beton bölaklarini tonnasini 10 yuandan (1,5 dollar) pullab, 5 ming yuan qölga kiritgan. Unga öğrilik ayblovi qöyilgan.