Zamonaviy dunyo rivojlanib borayotgani sari – energiya manbalariga ehtiyoj ham oşib bormoqda. Tinimsiz rivojlaniş tufayli, oxirgi 15 yil davomida yurtimizda elektr energiyasiga bölgan ehtiyoj 23 foizga oşdi. Şu sababli, tabiiy energiya manbalarini saqlab qoliş uçun, muqobil energiya manbalaridan foydalaniş zaruriyati yildan-yilga kuçaymoqda. Hozirda suvni isitiş va boşqa ehtiyojlar uçun eng faol qöllaniladigan muqobil energiya manbai - quyoş energiyasi hisoblanadi.
Yurtimizda tabiiy resurslarni tejamkorlik bilan qöllaş maqsadida 2017 yil 8 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Energiya resurslaridan oqilona foydalanişni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida” gi qarorini qabul qildi. Uşbu qarorga binoan 2022 yil 1 yanvardan boşlab davlat organlari va taşkilotlari öz balansida bölgan bino va inşootlarda issiq suv ta'minoti uçun faqat sertifikatlangan quyoş suv isitgiç qurilmalarini işlatişlari şart.

Quyoş energiyasidan suv isitişda foydalanuvçi yetakçi davlatlar Ispaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Avstraliya, AQŞ va Janubiy Koreya hisoblanadi. Endilikda, Özbekistonda uşbu innovatsion texnologiyalar Royal savdo belgisi ostida işlab çiqarilmoqda.
Royal quyoş suv isitgiçlari zamonaviy Germaniya uskunalari yordamida eng yangi texnologiyalar asosida işlab çiqarilgan. Royal quyoş suv isitgiçlarida issiqlik almaştiradigan uskuna zanglamaydigan pölatdan yasalgan, bakning içidagi suv esa oqar suvdir. Aynan şu bois isitgiçning bakidagi suvda bakteriyalar umuman yiğilmaydi, suvning özi esa doimo toza. Royal quyoş suv isitgiçlarining işlab çiqariş jarayonida ekologik toza Yevropa xomaşyolaridan foydalaniladi.
Royal quyoş suv isitgiçlarining baklari maxsus issiq saqlaydigan material bilan qoplangani sababli, hatto eng sovuq kunlarda ham kuniga atigi bir foiz issiqlik yöqotadi.

Royal quyoş suv isitgiçlarining kollektorlari Almeco-Tinox nomli alyuminiy - selektiv qoplamaga ega va eng zamonaviy texnologiyalar asosida işlab çiqarilgan. Uşbu qoplama tufayli Royal quyoş suv isitgiçlari 95 foizgaça quyoş nurlarini öziga singdirib, ularni suv isitişda samarali işlatadi. Quyoş kollektorlarining uşbu jixati tufayli siz elektr va issiq suv tölovlarida 70 foizgaça mablağ tejaysiz!














