Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligida eksportçilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, logistika tizimini rivojlantiriş va taşqi savdoni hajmini oşiriş dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş samaradorligini oşiriş maqsadida maxsus Ekspert kengaşi taşkil etilişi rejalaştirmoqda.

Taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev taklif qilgan konsepsiyaga muvofiq, uşbu kengaş mutaxassislar jamoasidan, şu jumladan, töğridan-töğri vazirlik xodimlari va xususiy sektordan vakillaridan tuziladi. Kengaş qoşida alohida yönalişlarga qaratilgan işçi guruhlar tuzilişi rejalaştirilmoqda, şu jumladan:

1.  Eksport va importni amalga oşiriş bilan boğliq jarayonlar ketma-ketligini kompleks, obektiv va tanqidiy tahlilini amalga oşiriş; Xalqaro savdoga tösqinlik qiluvçi tösiqlarni aniqlaş;
2.  Hozirgi vaziyatni tahlil qiliş; transport va logistika tizimini takomillaştiriş böyiça takliflarni işlab çiqiş;
3.  Taşqi iqtisodiy faoliyat sohasida qonunçilikni takomillaştiriş böyiça takliflarni işlab çiqiş
4.  Xususiy sektor, ekspertlar jamoasi va Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligi örtasida fikrlar va takliflar almaşişga yordam beradigan tadbirlarni taşkil etiş.

Mutaxassislarning normativ-huquqiy hujjatlarni işlab çiqiş va özgartirişlar kiritiş jarayonlarida iştirok etişining ahamiyati alohida ta'kidlab ötildi.

Ekspert kengaşining tarkibi tanlov şartlari asosida, taşqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi işlarni kompleks baholaş va tegişli sohalarda professional tajribaga ega nomzodlar orasidan tanlab oliş orqali aniqlanadi.