FIFA rasmiy homiysi sanalgan Coca Cola kompaniyasi taşabbusi bilan Jahon çempionati boş sovrini jahon kubogi 6 fevral kuni Toşkentga olib kelindi.
Kubokni FIFAning elçisi, 1998 yilgi jahon çempioni bölgan fransiyalik Kristian Karambyo boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga olib keldi.

Kunning birinçi qismida delegatsiya a'zolari va Özbekiston vakillari iştirokida matbuot anjumani taşkillaştirildi. Anjumanda Sport qömitasi raisi Rustam Qurbonov, Coca Cola vakili Aleksandra Akkirman, MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, FIFA elçisi Kristian Karambyo, va Coca Colaning Örta Osiyo hududlari böyiça rahbari Yevgeniya Stoiçkova iştirok etdi.
Matbuot anjumani boşida ÖFA 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov söz oldi: «Bugun Özbekistonda tarixiy voqea kuzatilmoqda. Jahon kubogi ilk marta Özbekistonga olib kelindi. Umid qilamizki Özbekiston terma jamoasi 2022 yil Qatarda bölib ötadigan Jahon çempionatida iştirok etadi. Qaçonlardir terma jamoamiz uşbu kubokni yutib uni Özbekistonda olib qoladi deb umid qilamiz».

Şundan söng Jismoniy tarbiya va sport qömitasi raisi Rustam Qurbonov sözl oldi: «Jahon kubogini qabul qiliş va Jahon çempionini kutib oliş Özbekiston uçun juda katta şaraf. Bu tadbirga qiziqiş katta ekanligini köplab OAV vakillari bu yerda iştirok etayotganidan ham bilib olişimiz mumkin. Barçangizni mana şunday bayramda iştirok etayotganingiz bilan tabriklayman va mehmonlarimizga Toşkentga xuş kelibsiz deyman».

Özbekiston vakillaridan söng FIFA elçisi, jahon va Yevropa çempioni Kristian Karambyo söz oldi va öz tilaklarini ham bildirdi: «Jahon çempionati kubogini Özbekistonga olib kelganimizdan xursandman. Bu voqea futbol muxlislari uçun haqiqiy bayram hisoblanişi aniq. Bizni bu yerda kutib olgan barçaga minnatdorçilik bildirmoqçiman.
Şu örinda Özbekiston U-23 terma jamoasini Osiyo çempionatida qozongan ğalabasi bilan tabriklaşni istardim. Aynan şu yutuq Özbekistonning kelajakdagi natijalariga katta umid bağişlaşi tayin. Umid qilamanki, Özbekiston terma jamoasi keyingi Jahon çempionatlarida iştirok etadi. Bu yölda ularga omad tilayman».

Coca-Cola kompaniyasining Örta Osiyo hududi böyiça rahbari sanalgan Yevgeniya Stoiçkova öz fikrlari bilan örtoqlaşdi: «Uşbu kubok dunyo böylab sayr qilişda davom etmoqda. U Rossiyada boşlangan va dunyoning köplab davlatlarida böladi, tur esa aynan Rossiyada tugaydi. Uşbu kubok 6 kg sof oltindan tayyorlangan. Uşbu kubokni faqat davlat rahbarlari yoki Jahon çempioni bölgan futbolçilar uşlay olişadi. Coca Cola kompaniyasi esa oddiy odamlar va muxlislar ham uşbu kubok bilan rasmga tuşişi uçun yordam beriş istagida mazkur loyihani amalga oşirişga qaror qilgan. Bugun Toşkentda minglab muxlislar uşbu kubokni köriş imkoniyatiga ega bölişadi. Bu yil Coca Cola Özbekistonda faoliyat boşlaganiga 25 yil töladi. Şu ma'noda JÇ Kubogi taşrifini sovğa qiliş imkoniyati ham aslida ramziy ma'noga ega. Özbekiston terma jamoasiga omad tilayman, bir kun kelib sizning ham terma jamoangiz Jahon çempionatlarida iştirok etişiga tilakdoşman».















