Myanmaning Arakan ştatidagi musulmon rohingyalarning repatriatsiya qilinişi haqidagi kelişuvga qaramasdan, rohingyalar hanuzgaça Arakandagi öz uylarini tark etişga majbur bölmoqdalar. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Arakanning Rasidaung tumanidan Bangladeş bilan çegaraga kelgan rohingyalar fojiasi haqida sözlovçi video joylaştirildi.

Musulmon rohingyalar 15 kundan beri Myanmaning Mangdau şahri atrofidagi Dang posyolkasi yonida qolişga majbur bölmoqdalar. Ularda na içimlik suvi va oziq-ovqat, na Bangladeşga köçib ötiş uçun pul bor.

Musulmon rohingyalarning Yevropa kengaşi rahbari Xla Kioning “Anadolu” axborot agentligiga ma'lum qilişiça, yuzlab rohingyalar Arakandagi Busidaung şahrini tark etib, Bangladeşga yöl olmoqdalar.

Uning aytişiça, xalqaro hamjamiyat bosimiga qaramay, Myanma hukumati rohingyalarni yöq qiliş rejasidan voz keçmagan.

“Aynan şu sababli Myanma hukumati rohingyalarning erkin harakatlanişini çeklamoqda, ularni daromad manbalaridan uzmoqda, tibbiy xizmat va ta'limdan mahrum qilmoqda. Arakan ştati musulmon ahli uçun oçiq osmon ostidagi qamoqqa aylangan. Ularga qoçişdan bölak heç narsa qolmayapti”, deb aytdi Xla Kio.

Associated Press axborot agentligining ma'lum qilişiça, 6 fevralda Singapurda Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasiga (ASeAN) a'zo davlatlar taşqi işlar vazirlari yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda zudlik bilan Arakandagi inqirozni hal qiliş yölini topiş talab etildi.

BMTning oxirgi ma'lumotlariga köra, 2017 yil 25 avgustdan hozirgi kungaça Myanmadan Bangladeşga 655 ming rohingya qoçib ötgan. 1970-yillarda Arakanda 2 millionga yaqin musulmon yaşagan bölsa, hozirda bu raqam 350 mingdan kamroqni taşkil qilmoqda.