Moskva şahrining Zamoskvoretskiy sudi 2018 yil 18 mart kungi prezidentlik saylovlari kunida referendum ötkazişni taqiqladi, unda Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimovga haykal örnatiş masalasi kötarilişi mumkin edi. Bu haqda TASS xabar qildi.
«Sud Yakimanka munitsipal okrugi deputatlarining “Yakimanka munitsipal okrugi hududida mahalliy referendumni ötkaziş taşabbusi töğrisida”gi qarorini noqonuniy deb tan oliş hamda bekor qilişga qaror qildi. Sud qaroriga u yakuniy şaklda qabul qilingan paytdan boşlab 10 kun davomida şikoyat yuboriş mumkin», - deya aytib ötgan sudya Nelli Rubtsova.
Yakimanka munitsipal okrugi rasmiy saytidagi ma'lumotlarga köra, okrug deputatlari 25 yanvar kuni 18 martda mahalliy referendumni ötkaziş va unga Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimovga haykal örnatiş hamda Karimov xiyobonida favvora örnatiş masalasini olib çiqiş haqida qaror qabul qilişgan.
Munitsipal okrug rahbari Andrey Morev sud yiğilişi yakunida qaror böyiça şikoyat yuboriş niyatida ekanini xabar qildi.











