09:20 / 07.02.2018
8958

«Suonsi» 8ta gol urib g‘alaba qozondi. Angliya Kubogida nimchorak finalga chiqqan yana 3 jamoa nomi ma'lum 

«Suonsi» Angliya Kubogining 1/16 finalida «Notts Kaunti»ga qarshi o‘ynadi. Suonsidagi «Liberti» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 8:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Uelsliklar jamoasi safida Temmi Abraham va Natan Dayyer ikkitadan, Kayl Noton, Ueyn Rutledj, Tom Kerroll va Daniel Jyeyms bittadan gol urishdi. Mehmonlarning yagona javob goliga Noor Hyusin mualliflik qildi.

Ushbu jamoalarning birinchi uchrashuvida 1:1 hisobidagi durang qayd etilgandi. Endi «Suonsi» 1/8 finalda «Sheffild Uensdey»ga raqib bo‘ladi.

Chempionship vakili «Birminhem Siti» o‘z maydonida «Haddersfild Taun»ga qarshi o‘ynadi. O‘yinning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi – 1:1. Mezbonlar safida Che Adams gol urgandi, mehmonlar Mark Robertsning avtogoli evaziga hisobni tenglashtirishdi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda «Haddersfild»ni to‘xtatib bo‘lmadi, «Birmingem» darvozasiga yana 3 gol urildi - Stiv Mune, Rayiv van la Parra va Tom Ins o‘z nomlarini tabloga yozdirishdi. Endi Angliya Kubogining 1/8 final bosiqichida «Haddersfild Taun» «Manchester Yunayted» bilan o‘ynaydi.

Angliya Kubogining 1/16 finalida yana bir takroriy o‘yin «Rochdeyl» va «Milluoll» o‘rtasida kechib, unda mezbonlar g‘olib bo‘lishdi — 1:0 (birinchi o‘yin — 2:2). Keyingi bosqichda «Rochdeyl» «Nyuport Kaunti» — «Tottenhem Hotspur» juftligi g‘olibiga ro‘baru bo‘ladi.

Angliya Kubogi
4-raund
Takroriy o‘yinlar

Suonsi – Notts Kaunti 8:1 (4:1, 4:0)
Gollar: 1:0 – 18 Abraxam, 2:0 – 20 Dayyer, 3:0 – 30 Dayyer, 3:1 – 35 Xusin, 4:1 – 45 Abraxam, 5:1 – 53 Noton, 6:1 – 57 Rautledj, 7:1 – 65 Kerroll, 8:1 – 82 Jyeyms.
Suonsi – Nordfeldt, van der Xorn (Marich, 78), Noton, Bartli, Roberts, Rautledj, Dayyer (Jyeyms, 62), Kerroll, Klukas (Ki Son Yen, 46), Narsinx, Abraxam.
Notts Kaunti –    Kollin, Daffi, Xant, Dikinson, Brizli, Xusin (Milsom, 62), Grant, Verchyu-Tik, Xoukridj, Stid (Smit, 65), Alessandra (Fort, 62).
Ogohlantirishlar: Klukas (41), Verchyu-Tik (90).

Rochdeyl – Milluoll 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 53 Xenderson.
Rochdeyl – Lillis, Dileyni, Makgexi, Maknalti, Kitching, Kennon, Kemps, Don, Rafferti, Endryu, Xenderson.
Milluoll – Martin, Xatchinson, Meredit, Maklaflin, Shekell, Tompson, Uilyams, Fergyuson (Morison, 63), Tannikliff (Gregori, 63), Onedinma (Uolles, 77), Elliott.
Ogohlantirishlar: Kennon (76), Maklaflin (85), Kitching (90).

Birminhem – Haddersfild 1:4 (0:0, 1:1, 0:2)
Gollar: 1:0 – 52 Adams, 1:1 – 60, avtogol Roberts, 1:2 – 94 Mune, 1:3 – 97 van La Parra, 1:4 – 106 Ins.
Birminhem – Stokdeyl, Roberts, Morrison, Bremell, Din, Ndoyye (Xota, 46), Lou (Leykin, 101), Gardner, Djyenkinson (Dakres-Kogli, 71), Yutkevich (Boga, 86), Adams.
Haddersfild –    Lessl, Kongolo, Meloun (Leve, 95), Smit (Xaderdjonay, 46), Yorgensen, Sabiri (van La Parra, 56), Billing, Muy, Ins, Kvaner (Skennel, 99), Mune.

Top