Özbekiston respublikasi prezidentining 3 fevral kungi «Özbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantiriş uçun qulay şaroitlar yaratiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni ijrosini ta'minlaş maqsadida «Kiriş turizmini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori imzolandi.

Unga köra, Özbekiston 1 maydan e'tiboran xorijlik fuqarolarga 72 soat muddat davomida amalda böladigan qisqa muddatli kiriş vizalari taqdim etadi.

Bunday vizalar Özbekistonda töxtagan yölovçilar qisqa muddatga aeroport zonasidan çiqib, tasdiqlangan turistik dasturlar asosida nazoratli tanişuv turini ötkazişini ta'minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy içida uşbu yangilikni amalda joriy etiş böyiça qaror qabul qilişi kerak böladi. Xususan, fuqarolariga şunday vizalar beriladigan davlatlar röyxati tuzib çiqiladi.

Bunday vizalar olişi mumkin bölgan yölovçilar aviaçiptalarini körsatişi, şuningdek, ular uçinçi davlatga vizaga ega bölişi talab etiladi. Bundan taşqari, ular konsullik yiğimlarini tölaşi kerak.

Bu hujjat respublikaga turistlar oqimini köpaytiriş, kiriş turizmini milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga aylantiriş, mamlakatning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklarini keng tarğib qilişga qaratilgan.

Ma'lumot uçun, 10 fevraldan e'tiboran Özbekiston 7 davlat fuqarolariga (Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya) şuningdek, Özbekistonga muntazam aviareyslarni amalga oşiruvçi havo kemalari ekipajlari a'zolariga Özbekiston Respublikasi hududiga kiriş sanasidan boşlab 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.

Bundan taşqari, respublika 39 davlat fuqarolariga turistik vizalar rasmiylaştiriş tartibini soddalaştiradi. Bular qatorida Avstraliya, Niderlandiya, Hindiston, Xitoy, Kanada, AQŞ, Saudiya Arabistoni, BAA va Şvetsiya kabi davlatlar bor.