Milliy xavfsizlik xizmatining Farğona viloyati böyiça boşqarmasi tezkor xodimlari Boş prokuratura huzuridagi Departament mintaqaviy boşqarmasi vakillari bilan hamkorlikda reyd ötkazişdi, uning davomida Qöqon şahrida yaşovçi şaxs xorijiy valyutani sotişga uriniş çoğida aşyoviy dalil bilan qölga olindi.
Jamşid Niyozov «Mediapark» savdo majmuasida 7400 AQŞ dollarini bir dollar uçun 8240 sömlik kurs böyiça 60 mln 976 ming sömga sotayotgan vaqtida uşlandi. Tadbir davomida tezkor xodimlar uning yonida yana 600 dollar borligini aniqlaşdi.
Şuningdek, MXX tezkor xodimlari Departament vakillari jalb etilgan holda boşqa bir valyutafuruşni, Marğilonda yaşovçi Uluğbek Mirfayozovni qölga olişdi. U qölga oliş paytida 10 ming dollarni 8300 sömlik kurs böyiça 83 million sömga sotayotgan bölgan.
Ayni damda yuqoridagi holatlar böyiça Departamentning mintaqaviy boşqarmasi tomonidan qonunbuzarlarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatildi. Tergov davom etmoqda.













