Xabarlar almaşiş ilovalari bozorida avvalgidek WhatsApp va Facebook messenjerlari gigantlari yetakçilik qilmoqda. Bu ikki messenjer birgalikda 168 mamlakatda 1-örinni egallab, dunyo aholisi eng köp foydalanuvçi messenjer ilovalarining 89 foizini taşkil qiladi. Similarweb sayti Hootsuite hamda We Are Social agentligining messenjerlar böyiça tadqiqot hisobotini taqdim etdi.

WhatsApp Messenger ilovasining özi 104 (2016 yilda 107 mamlakatda) mamlakatda eng köp foydalaniluvçi messenjer sifatida 1-örinda qayd etilgan. U 45 mamlakatda 90 foizdan ortiq qurilmaga yuklangan.

Facebook Messenger esa 64 mamlakatda (2016 yil 58 mamlakatda) yetakçilik qilmoqda.

Manba: Similarweb

Bundan taşqari, 10 mamlakatda - Viber messenjeri, 3 mamlakatda esa - Line top-ilova hisoblanişi ma'lum qilindi. Şu bilan birga messenjerlar xaritasida Telegram, WeChat hamda KakaoTalk nomlari ham qayd etilgan.

Yangi imo messenjeri Özbekiston va Turkmaniston aholisi tomonidan faol foydalanişi ta'kidlangan. Uç ilova esa doimiy reytingdan tuşib qolgan - Skype, Zalo va BBM.