Özbekiston Respublikasi Markaziy Bank rasmiy saytida Pul-kredit siyosati sohasida 2017 yilning IV çoragida amalga oşirilgan işlar yakunlari e'lon qilindi.
Jumladan ötgan yilning sönggi çoragida qat'iy pul-kredit siyosatining davom ettirilişi va monetar omillarning narxlar ösişiga ta'sirini kamaytirişga qaratilgan çora-tadbirlarga qaramay iqtisodiyotda yuqori inflyatsion bosim saqlanib qolgani qayd etildi.
Hisobotda Markaziy Bank oldida turgan 2018 yildagi vazifalar ham sanab ötilgan.
2018 yilning yanvar oyida Markaziy bank tomonidan aholi va tadbirkorlik sub'yektlari örtasida ötkazilgan sörovnoma natijalari iqtisodiyotda ma'lum darajadagi inflyatsion kutilmalarning saqlanib qolayotganidan dalolat beradi.
Uşbu şaroitlarda 2018 yilda monetar omillarning inflyatsiyaga ta'sirini kamaytiriş orqali narxlar barqarorligini ta'minlaşga qaratilgan qat'iy pul kredit siyosati davom ettiriladi.
Yuzaga kelgan yangi voqelikda narxlar ösişini oldini oliş vazifasi nomonetar omillar asosida yuzaga kelayotgan xatarlarni oldini olişga jiddiy e'tibor qaratişni talab etadi.
Davlat byudjyeti xarajatlari va daromadlarining bank tizimidagi likvidlikka va pul massasiga ta'sir kölamining kengligi tufayli pul-kredit siyosatining samaradorligi köp jihatdan uning soliq-byudjyet siyosati bilan mutanosib ravişda olib borilişiga boğliq bölib qoladi.
Bunda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturlari doirasida byudjyet va byudjyetdan taşqari jamğarmalar hisobvaraqlarida ötgan davrlar mobaynida yiğilgan mablağlarni sarflaş natijasidagi xatarlar saqlanib qolmoqda.
Şuningdek, narxlar va taşqi savdo şartlarini erkinlaştirilişi şaroitlariga içki narxlarning moslaşib borişi iqtisodiyotda inflyatsion bosimni yuzaga keltirişda davom etadi.
Şu bilan birga, iqtisodiyotga yönaltirilayotgan investitsiyalar va quriliş hajmlarining quriliş mahsulotlari işlab çiqariş imkoniyatlaridan sezilarli darajada yuqoriligi ularning narxlariga bevosita, şuningdek investitsion xarajatlar ortişi natijasida uşbu mahsulotlar tannarxining qimmatlaşi orqali bilvosita ta'sir körsatişi mumkin.
Monetar va nomonetar omillarning narxlar barqarorligiga joriy va kutilayotgan ta'sirini inobatga olib, Markaziy bankning foiz siyosatini işlab çiqiş va amalga oşirişda kreditlaş hajmlarining pul massasi va iqtisodiyotda yalpi talabni oşişiga ta'sirini kamaytiriş hamda aholining banklardagi milliy valyutadagi jamğarmalarining ijobiy ösiş dinamikasini saqlab qoliş vazifalariga alohida e'tibor qaratiladi.












