Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yoş bolalarni qasddan öldirgan “manyak”, ya'ni, qotil haqida xabarlar tarqaldi. KUN.UZ uşbu iş ayni damda qanday bosqiçda ekaniga oydinlik kiritiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga murojaat qildi. 

Boş prokuraturaning Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Gulnoza Rahimovaning aytişiça, haqiqatdan ham Boş prokuraturaning Öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasi tomonidan uç nafar voyaga yetmagan fuqarolarning qasddan öldirilganligi holati yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Tergovda aniqlanişiça, Toşkent viloyati, Oqqörğon tumani, “Xonobod” MFYda yaşagan Zohid Otaboyev 2003 (Ş.M.), 2005 (Yo.U.) va 2014 (O.S.) yilda tuğilgan voyaga yetmaganlarni qasddan öldirib, ularning murdasini öz hovlisiga kömib qöygan. Z.Otaboyev ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinib, qamoqqa olingan. Hozirda zarur tezkor tergov harakatlari ötkazilmoqda», - deya aytib ötdi G.Rahimova.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyati, Oqqörğon tumani hududida turli yillarda bedarak yöqolgan 3 bola öğirlab ketilib, bir şaxs tomonidan böğib öldirilgani aniqlangani haqida xabar berilgandi.