Özbekiston Respublikasi davlat statistika qömitasining ma'lumotiga köra, 2016 yil 1 noyabrdan 2017 yil 1 noyabrga qadar bakalavr bosqiçi talabalarining 8 ming 582 nafari oliy ta'lim muassasasidan ketgan. Şundan 600 nafari kontrakt tölovini tölolmagani bois talabalar safidan çetlaştirilgan. «Oila davrasida» naşri muxbiri öz maqolasida yuzlab talabalarning öqişdan ketişi aybdorlarini qidiradi.
Bu raqamlarga bir razm soling. Naqadar xunuk, açinarli holat: 600 nafar talaba, 600 taqdir moddiy qiyinçilik sababli ta'limning eng asosiy bosqiçini davom ettira olmadi. Umidi, şaşti sönib, muzlab qoldi. Axir, ular ne-ne orzu-umidlar bilan öqişga kirmagan deysiz? «Ertaga oliy ma'lumotli, kasb-korli bölib, şu yurtga xizmat qilaman», degan maqsad bölgan bu yoşlarda. Taassufki, jamiyatimizda oliy ma'lumotsiz şaxslar yana olti yuztaga köpaydi. Bu esa ularning aksariyati işsiz qolib ketişiga ham öz ta'sirini körsatişi heç gap emas.
Ha, faqat oylik maoşga kun keçiradigan ayrim oilalar uçun farzandining şartnoma pulini tölaşning özi bölmaydi. Buni boşdan ötkazganlar yaxşi biladi. Şuning uçun davlatimiz tomonidan aholining kam ta'minlangan qatlamiga bu borada qator qulayliklar yaratilgan. Xususan, banklarda bir neça yillardan beri ta'lim oliş uçun kreditlar joriy etilgan. Bu xizmatdan köp talabalar foydalanib keladi.
Ammo şunga qaramay, bu imkoniyatdan foydalaniş oson emas. Öziga yaraşa qiyinçiliklari bor. Aniqroq aytsak, banklar köp hollarda uşbu kreditni taqdim etmaslik uçun turli bahonalarni öylab topib, sun'iy tösiqlarni yuzaga keltirar ekan.
Otangga bor, onangga bor…
Abror Hakimov öqişni davom ettiriş nasib etmagan 600 ta sobiq talabalardan biri. Gap şundaki, u maktabni tamomlagaç, ketma-ket uç yil öqişga hujjat topşirdi. Biroq har gal «yiqilaverdi». Va nihoyat, 2017 yil tölov-kontrakt asosida öqişga kirdi. Kirdi-yu, institutni bir oydayoq tark etdi. Buning sababini u quyidagiça izohlaydi:
— Oilada men va akam tölov-kontrakt asosida tahsil olardik, — deydi Abror. — Oylikka rözğor tebratayotgan ota-onam uçun ikki farzandini öqitiş tabiiyki, muşkul. Şunday bölsa-da, ular mening öqişimni istadi. «Bir amallab kontrakt pulini topamiz», deb rosa harakat qilişdi. Tumanimizdagi bankdan ta'lim krediti olmoqçi böldik. Lekin iloji bölmadi. Bank xodimlari turli bahona-yu vaj bilan qaytarib yubordi. Şu bois ötgan yil noyabr oyida öz ixtiyorim bilan öqişdan ketdim. Hozir qayta tayyorlanyapman. Şu yil davlat granti asosida öqişga kirişdan umidvorman.
— Qarşi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasiman, — deydi Muattar Asadova. — Ota-onam pensioner. Şu bois ta'lim kreditini olişga qaror qildik. Ammo bu kreditni oliş igna bilan quduq qazigandek gap ekan. Rosa qiyin. Barça hujjatlarni yiğdik, kafil ham topildi. Ammo bank pul ötkazişni paysalga solaverdi. Bu orada kontrakt summasini tölaş muddatiga oz qoldi. Şunda ham bank «Otangga bor, onangga bor», qabilida iş tutdi. Sansalorliklardan çarçagan otam, oxiri hammasiga qöl siltab, katta hovlimizning bir burçagini sotişga majbur böldi.
Hozir öqiyapman. Ammo har safar uyga borganimda hovlimizni ikkiga bölib turgan devorni körib, qalbim örtanadi, közlarimga yoş keladi.
«Yordam»ga tayyor raqamlar
Yoşlarning sözlaridan körinib turibdiki, talaba kreditini bank osonlikça berib qöymaydi. Nega? Axir hamma hujjatlar joyida, heç qanday kamçilik bölmasa, kreditni paysalga solişdan maqsad ne?
Bir tanişim bor. Ötgan yili institutga öqişga kirdi. Uning aytişiça, u ham xuddi şu masalada bankka murojaat qilgan. Lekin bank xodimlari talaba kreditini ajratişni asossiz çözib yuravergan. Oxiri, tanişim Prezident virtual qabulxonasiga yozişga majbur bölibdi. Natijada qarabsizki, uç kun içida kredit masalasi hal böldi.
Vaziyatga özingiz baho bering. Işonçimiz komilki, agar yuqoridagi ikki talaba ham davlatimiz rahbariga murojaat yöllaganida ularning ham muammosi qisqa fursatlarda öz yeçimini topardi. Lekin ular bu yölni tutmadi. Bunday masalani Prezidentimizning virtual qabulxonasigaça kötarib çiqişni özlariga ep körmadi. Buni öşa bank ma'muriyatining özi ham yaxşi biladi. Mas'uliyatni his etiş ularning zimmasida. Biroq bunga beparvolik, loqaydlik bilan qaraydi. Nima uçun?
Albatta, banklar orasida talaba krediti va umuman, boşqa masalalarda ham aholiga namunali xizmat körsatayotganlari köp. Şunga qaramay, fuqarolarimizni ortiqça ovora qilayotgan, ularning dardini tinglagisi kelmayotganlar ham oz emas?
Xöş, bunga mutasaddilar qanday izoh beradi? Umuman, ötgan 2017 yilda neça kişi bankdan talaba krediti olgan? Hamma murojaatning ham ijobiy hal etilmasligining sababi nima?
Şu kabi savollar bilan Özbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qildik. Dastlab, bankning axborot xizmati rasmiy ravişda xat bilan murojaat qilişimizni söradi. Ammo jurnalist faoliyatini amalga oşiriş çoğida tegişli qonunlarga asosan, oğzaki ma'lumot olişga haqi borligini eslatganimizda, axborot xizmati xodimi bölimlar özgargani bois savollarimizga aynan qaysi xodim javob berişi kerakligi, qolaversa, bölimlarning töliq telefon raqami mavjud emasligini aytib, bir neçta raqamni berdi.
Uşbu raqamlarga qönğiroq qildik, biroq ular ham boşqa raqamlarni taklif qildi. Xullas, bir yarim soatdan ortiq urinişlar besamar ketdi. Topganimiz raqam böldi, xolos.
Ana, Markaziy bankdagi ahvol. Jurnalist-ku, kerakli ma'lumotni ololmagan bir paytda, oddiy odam qanday qilib özini qiynayotgan savol yoki muammoga ulardan javob topişi mumkin?
Bugun axborot texnologiyalari jadallik bilan rivojlanmoqda. Köp taşkilot öz xizmatlarini onlayn tarzda yölga qöyişga ulgurdi. Şunday ekan, banklar ham tölov-kontrakt uçun kredit oliş istagida bölgan kişilarga qulaylik yaratib, ortiqça ovoragarçilik va qoğozbozlikdan voz keçsa, maqsadga muvofiq emas-mi? Bu davr talabi-ku!
Yordam faqat faollargami?
Oçiği, 600 nafar talabaning tölov-kontrakt pulini tölolmay öqişdan çetlatilgani yuzasidan qaysi taşkilotga murojaat qilgan bölsak, barçasi bir seskanib tuşdi. Har kim öz boşiga yoqqan qorni özi kurasin, qabilida iş kördi. Endi öylab köring: savollarimizga jöyali javob bermaydigan taşkilotga kontrakt tölovida qiynalib murojaat qilgan talabaning ahvoli ne keçadi? Buni tasavvur qiliş qiyin emas.
Yoki bölmasa, birgina tölov-kontrakt pulini öz vaqtida tölamagani uçun öqişdan çetlatib, örniga boşqa puldor talabani oliygohga qabul qilgan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligidan bundan ortiq yana nimani kutiş mumkin? Olti yuz nafar talabaning taqdiri bilan na Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, na Xotin-qizlar qömitasi, na Yoşlar ittifoqi va na banklar şuğullangan.
Darvoqe, Özbekiston yoşlar ittifoqining Ta'lim bölimi boşliği Bahodir Kuçarovning sözlariga köra, kontrakt asosida tahsil olayotgan talaba tortinmasdan ittifoqqa murojaat etişi mumkin. Ular harbiy imtiyozga ega talabalar şartnoma pulining öttiz beş foizini tölab berişidan köpçilikning xabari bor. Endilikda ittifoq taşkilotga a'zo, ularning tadbirlarida faol qatnaşgan, öqişning birinçi yarim yilligini a'lo bahoga tugatgan talabalarning ham kontrakt puli ma'lum foizini tölab berarkan.
Şu örinda bir mulohaza. Respublikamizning olis hududidan poytaxtga kelib, tölov-kontrakt asosida öqişga kirgan, ammo uni tölaşga qiynalayotgan, Yoşlar ittifoqining tadbirlarida faol qatnaşiş u yoqda tursin, hatto, taşkilot haqida töla tasavvurga ega bölmagan talabaga kim yordam beradi? Axir, u ittifoqning tadbirlarida iştirok etmagan bölsa yoki bunga imkoniyati, vaqti bölmasa, unda talabaning aybi yöq-ku? Buning tartibini jiddiy körib çiqiş kerak, bizningça.
* * *
Bugun davlatimiz rahbarining bevosita topşiriğiga asosan, turli davlat idoralari bilib-bilmay jinoyatga qöl urgan yoşlarni kafillik evaziga jazodan qutqarib qolyapti. Bu amalda özining ijobiy natijasini bermoqda. Qançadan-qança adaşgan yoş Özbekiston yoşlar ittifoqi, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi, Xotin-qizlar qömitasi kabi taşkilotlarning kafilligi ostida töğri yölga qaytmoqda.
Şuni inobatga olsak, nega uşbu jamoatçilik idoralari tölov-kontrakt pulini haqiqatdan ham tölaş imkoniyati yöq iqtidorli talabalarni kafillikka olmayapti? Axir, gap bir yoki ikkita odamning taqdiri haqida ketmayapti. Aslida öşa bir-ikkita bölsa ham, bu uning ertangi hayoti bilan boğliq. Öqişni tark etişga majbur bölgan birgina talabadan kelajakda noyob, professional kadr yetişib çiqişi mumkin. Agar uni boşida qöllasak, ertaga u şu jamiyatga, şu yurtga sidqidildan xizmat qilişi aniq-ku! Şunday ekan, umid bilan böy çözayotgan nihollarning unib-ösişiga yordam beraylik. Şunda ular davlatdan rozi böladi.
Ğulomjon Mirahmedov











