Internetda katta yölbars akula va dengiz toşbaqasining olişuvi videosi paydo böldi. Video Daniel Braunning Instagram’dagi sahifasida joylaştirilgan.
“Bugun men, ehtimol, yovvoyi tabiatdagi eng qiziqarli hodisa guvohi böldim. Katta yölbars akulasi dengiz toşbaqasini yemoqçi böldi. Keyingi yuz bergan holatdan oğzim oçilib qoldi. Toşbaqa hujumga uçraganda akulani tişlab hamda kosasini qalqon sifatida qöllab qarşilik körsatdi”, deb izoh bergan foydalanuvçi rolikka.
Braun va uning döstlari olişuvni suv ostida olişga qaror qilişgan va bir neça kundan keyin yana bir videoni joylaştirişgan.
Köpçilik foydalanuvçilar bu olişuvda, albatta, kuçsizroq tomon – toşbaqa uçun jon kuydirişgan.
“Qanday jangçi!”, deb yozgan crysthefish niki ostidagi foydalanuvçi.
“Yo Tangrim! Men toşbaqa akula bilan bunday jasorat bilan olişişini tasavvur ham qilmagandim!”, deb izoh bergan foydalanuvçilardan yana biri.
“Bu toşbaqa şon-şuhrat medaliga loyiq!”, deb fikr bildirgan sabrina_velasco deb nomlangan foydalanuvçi.











