«Barselona» Ispaniya Kubogining yarim finalida «Valensiya» qarşiligini sindirdi. «Mestalya»da keçgan javob uçraşuvi mehmonlar jamoasining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyindagi birinçi gol 49-daqiqada «Barselona»ning yangi a'zosi Filippe Koutino tomonidan urildi, uni Luis Suares golli pas bilan ta'minladi. Qayd etiş kerakki, bu braziliyalik xavbek uçun Kataloniya jamoasidagi debyut gol böldi.
82-daqiqada Ivan Rakitiç ğalabani mustahkamlovçi golni urdi, unga ham Suares assistentlik qildi.
Jamoalarning birinçi uçraşuvida «Barselona» 1:0 hisobida ğalaba qozongandi va ikki uçraşuv natijasiga köra kataloniyaliklar Ispaniya Kubogi finaliga çiqdi. Boş sovrin uçun jamoa «Sevilya»ga qarşi maydonga çiqadi.
Ispaniya Kubogi
1/2 final
Javob öyinlari
Valensiya – Barselona 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 49 Koutino, 0:2 – 82 Rakitiç.
Valensiya – Domenek, Gabriel, Gayya, Montoyya, Garay (Ruben Vezu, 71), Parexo, Kondogbia, Koklen (Gonsalu Gedeş, 55), Rodrigo (Soler, 55), Vetto, Dzadza.
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike (Mina, 83), Alba, Andre Gomeş (Koutino, 46), Serdji Roberto, Buskets, Rakitiç, Inesta (Paulino, 65), Messi, Suares.
Ogohlantirişlar: Rodrigo (34), Dzadza (75), Parexo (90).
Birinçi öyin: 0:1












