«Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston» temir yölining quriliş loyihasiga köra, hozirgi vaqtda Xitoy tomoni tabiiy va kameral tadqiqotlarda olingan bu boradagi materiallarni örganmoqda. Bu haqda Qirğiziston Transport va yöllar vazirligi stats-kotibi Ermek Mamirkaliyev 9 fevral kuni xabar berdi.

Uning sözlariga köra, Toşkent şahrida noyabr va dekabr oyida uç tomonlama uçraşuvlar ötkazildi, kelişuv loyihasi va texnik masalalar muhokama qilinmoqda.

«Tomonlar texnik masalalar böyiça yakuniy qaror qabul qiliş uçun ikki tomonlama yiğiliş ötkaziş töğrisida kelişib oldilar. Texnik guruh yiğilişi 2018 yilning aprelida Pekin şahrida bölib ötişi rejalaştirilgan», - dedi u. 

Avvalroq, temir Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temir yölining batafsil yönalişini 2018 yilning aprel oyiga qadar tayyor bölişi xabar qilingandi.

Şuningdek, Qirğiziston Transport vazirligi Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temir yöli qurilişini moliyalaştiriş böyiça muzokaralar apreldan boşlanişini ma'lum qilgan.