Xitoyning China General Nuclear Power Group davlat kompaniyasi va Tsinxua universiteti Xitoy şimolida past haroratli yadro reaktori qöllagan holda mamlakatdagi birinçi issiqlik ta'minoti tizimini yaratadi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.
Loyihaga köra, tizim ham turar joy binolarini, ham sanoat boğlarini isitiş uçun qöllanadi. Obektning qurilişiga 2-3 yil talab etiladi. Ta'kidlanişiça, tizimning issiqlik işlab çiqarişi 100 MVtga yetadi.
Xitoyning yadroviy xavfsizlik işlari boşqarmasi reaktor qöllanuvçi texnologiyani 1990-yillar boşida tekşirib, ma'qullagan.
Ma'lum qilinişiça, isitiş uçun yadro energiyasini qöllaş havo ifloslanişiga qarşi kuraşişda yordam berişi mumkin. Bu muammodan isitiş mavsumida, ayniqsa, Xitoyning şimoliy hududlari aziyat çekadi.












