Boks böyiça tört vazn toifasidagi sobiq jahon çempioni kiçik Roy Jons öz faoliyatidagi sönggi jangida ğalaba qozondi. U 10 raundlik bahsda amerikalik Skott Sigmonni oçkolar böyiça mağlub etdi va Butunjahon boks kengaşining (WBU) 90,71 kilogrammgaça bölgan vazn toifasidagi çempionlik kamarini qölga kiritdi.
Şu tariqa, Jons öz faoliyatini 49 yoşda tamomladi. U sönggi jangni ona şahri Pensakolada ötkazdi.
2015 yilning sentabrida Rossiya fuqaroligini olgan amerikalik Roy Jons tört vazn toifasida jahon çempioniga aylangan dunyodagi birinçi boksçi sanaladi: 72,6 kg, 76,2 kg, 79,38 kg.gaça va super oğirdi.
Jons 1993-2004 yilda barça vazn toifalarida jahonning eng kuçli boksçisi bölgan. U 66 jangda ğalaba qozongan (47 tasi nokaut bilan) va töqqiz marta mağlub bölgan. Şuningdek, Seuldagi 1988 yilgi Olimpiya öyinlari kumuş medali sohibi hisoblanadi.












