Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari bilan tanişmoqda.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, prezident Yunusobod tumanida bölib, Toşkent metropoliteni Yunusobod yönalişining ikkinçi bosqiçi qurilişini borib körgan.

Metroning tonneli asosini yaratiş maqsadida 305 metrda beton işlari bajarilgan va 330 ta yiğma temir-beton konstruksiyalari örnatilgan. Qurilişga 200 dan ortiq işçi va muhandis jalb etilgan. Germaniya va Xitoydan zamonaviy texnika va mexanizmlar keltirilgan. Uzunligi 2,9 kilometrni taşkil etadigan uşbu yönalişni 2019 yilda foydalanişga topşiriş möljallangan.

Davlat rahbari quriliş işlarini közdan keçirgan.

«Barça sa'y-harakatlardan maqsad odamlarga qulaylik yaratiş. Metropoliten va avtobuslar hamohangligini ta'minlaş, bekatlarda yölovçilar töplanişini va harakatini monitoring qiliş, tahlillar asosida yönalişlarni optimallaştiriş, bu böyiça har kuni iş olib boriş zarur. Yölovçilarni köpaytiriş hisobidan yöl kirani arzonlaştiriş çoralarini köriş kerak», degan Şavkat Mirziyoyev.

Şu yerda poytaxtda qurilayotgan yer usti metrosi böyiça axborot berilgan. Prezident uşbu metro qurilişini takomillaştiriş, ilm asosida materiallar vaznini yengillaştiriş, metro yöli ostidagi hududni obodonlaştiriş, qöşimça xizmatlarni yölga qöyiş yuzasidan körsatmalar bergan.