8 fevralda, Janubiy Koreyaning Pyongçangida Olimpiada oçilişi arafasida Şimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda mamlakatning 70 yilligi munosabati bilan katta kölamli harbiy parad bölib ötdi. Bu haqda Şimoldan olingan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda Janubiy Koreya hukumati ma'lum qildi.
Avval 40 yil davomida harbiy parad 25 aprelda – mamlakat asosçisi Kir Ir Sen 1932 yilda birinçi partizan otryadini taşkil qilgan kunda nişonlanib kelgan.
8 fevralda esa Şimoliy Koreya muntazam armiyasining 1948 yilda taşkil topgani nişonlanardi. Biroq hanuzgaça bu kun unça muhim bayram hisoblanmas edi.
Avvalgi yillardan farqli ravişda, joriy paradga xorijiy jurnalistlar taklif qilinmagan.
Yaponiya va Janubiy Koreya OAV ma'lum qilişiça, paradda 13 ming harbiy iştirok etgan, 50 ming kişi uni tomoşa qilgan. Paradda mamlakat yetakçisi Kim Çen In nutq sözlagan. “AQŞning duşmanona siyosati saqlanib qolar ekan, mamlakatni himoya qilişda qudratli qiliç rolini öynovçi Koreya xalq armiyasining missiyasi davom etadi”, deb aytgan Şimoliy Koreya yetakçisi.

Söngra armiyaning turli bölinmalari yurib ötgan. Parad harbiy texnika – tanklar, oddiy va raketa arrtilleriyasi, zirhli maşinalar, aviatsiya namoyişi bilan yakunlangan.
Paradda, şuningdek, “Xvason-15”, “Xvason-14” qit'alararo ballistik raketalari va ularni otuvçi qurilmalar namoyiş qilingan.
Şimoliy Koreya Olimpiada arafasida öz harbiy qudratini namoyiş qilmoqçiligi yuzasidan bildirilgan tanqidlarga bu uning içki işi ekanligi va heç kim bu borada unga ayblov bildirişga haqi yöqligi bilan javob bergan.












