Simsiz aloqa vositasini işlab çiqaruvçi Qualcomm kompaniyasi qator yirik mobil qurilmalar işlab çiqaruvçilari bilan Snapdragon X5 çipi bazasida 5Ğni qöllab-quvvatlovçi smartfonlarni işlab çiqarişga kelişib oldi. Smartfonlarni işlab çiqariş 2019 yilga rejalaştirilgan, deyiladi kompaniya relizida.
Nokia, HTC, LG, Sony, Vivo, Xiaomi kabi kompaniyalar şunday smartfonlarni işlab çiqarişni maqsad qilgan. Apple va Samsung korporatsiyalari esa mazkur röyxatda yöq.
Bundan taşqari, Qualcomm'ning ma'lum qilişiça, Snapdragon X5 Buyuk Britaniya, Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Singapur, Avstraliya va boşqa mamlakatlarning eng yirik mobil operatorlari bilan test rejimida qöllanadi. Yangi loyihani işga tuşiriş işlari 2018 yilga möljallangan.
5G uçun çastotalar hali Xalqaro elektr aloqalari ittifoqi darajasida tasdiqlanmagan, biroq mamlakatlar beşinçi avlod aloqa tarmoqlari sinovlari uçun çastota ajratmoqda.
2017 yilning dekabrida eng yirik mobil operatorlarni öziga jamlagan 3GPP konsorsiumi global mobil aloqa tarmoğiga 5G tarmoği uçun tijoriy çastotalarni işga tuşiriş imkonini beruvçi standartni işlab çiqdi.

















