Isroil vertolyoti şanba kuni Eronning uçuvçisiz uçar qurilmasini urib tuşirdi. Dron mamlakat havo kengliklariga Suriyadan kirib kelgan. Şuningdek, isroilliklar arab davlatidagi Eron obektlariga zarba berişgan. Bu haqda TASS Isroil Mudofaa armiyasi matbuot xizmatiga asosan xabar qilmoqda.

"Jangovar vertolyot Suriyadan uçirilgan va Isroilga kirib kelgan uçuvçisiz uçar qurilmani muvaffaqiyatni tutib oldi, - deya xabar berişgan harbiylar. – Qurilma havo mudofaasi tizimlari tomonidan eng birinçi bosqiçda aniqlandi va tutib olişga qadar kuzatuv ostida böldi". "Bunga javoban Isroil Mudofaa armiyasi Suriyadagi Eron obektlariga zarbalar berdi", - deya qöşimça qilib ötişgan armiya matbuot xizmatidan.

Armiya xabarida körsatilişiça, "Golan tepaliklarida işlab ketgan sirenalar Suriya zenit raketalarining uçirilişi natijasi hisoblanadi".

"Isroil Mudofaa armiyasi Isroil havo kengliklariga kiriş böyiça istalgan harakatlarga qarşi çora köradi va Isroil suverenitetini buzişga qaratilgan barça urinişlarga qat'iy barham beradi", - deya ta'kidlab ötgan harbiylar. Matbuot xizmatidan qöşimça qilişlariça, "hodisa hali öz yakuniga yetmadi".