General Motors, Wuling Automobile va Xitoyning eng yirik davlat avtomobilsozlik kompaniyasi SAIC Motor Corporation’ning qöşma korxonasi SAIC-GM-Wuling ikki örindiqli, hamyonbop Baojun E100 elektromobilini yaratdi. Bu maşinaning narxi hududiy imtiyozlar qiymatiga boğliq holda 5,6 ming dollardan 9,3 ming dollargaça turadi.
Uşbu maşina Xitoyda eng arzon elektromobil bölişga da'vogarlik qilmoqda.
Baojun E100 kiçik ölçamli maşina bölib, uzunligi 2,4 metr, eni 1,5 metr va balandligi 1,6 metrni taşkil qiladi. U 29 kVt li elektrodvigatel bilan jihozlangan va bir quvvatlanişda 155 km masofa bosib öta oladi.
Model zararli çiqindi çiqarmaydigan avtomobillar rağbatlantiriladigan hududlarda ayniqsa ommalaşdi. Ötgan yil u ilk bor Lyuçjou şahrida taqdim qilingan. Maşinaning bu yerdagi narxi barça imtiyozlar hisobga olingan holda 5,6 ming dollarni taşkil qilgan. Maşinaning narxi pastligi sababli 5 oy içida undan 11446 dona sotilgan.
Kompaniya maşinani Guansi viloyatidagi yana bir neçta şaharda sotuvga çiqarişini e'lon qilgan. Bu yerda uning narxi 7,2 mingdan 9,3 ming dollargaça turadi. Maşina faqatgina Xitoyda sotiladi.












