17 -18 sentabrdagi 2 birja kunida propan narxi 64,8 foizga kötarildi. Kun.uz eʼtibor qaratgan Tovar-xomaşyo birjasi maʼlumotlari şundan darak beryapti.
17-sentabrdagi savdolarda suyultirilgan gazning 1 tonnasi uçun narx örtaça 7 mln 412 ming sömdan 11 mln 905 ming sömgaça yoki 60,6 foizga kötarildi.

18-sentabr kuni esa narx qariyb 2,6 foizga oşib, 12 mln 217 ming sömga yetdi. Şu tariqa propanning ulgurji bahosi 2 kun içida 4,8 mln sömga yoki taxminan 65 foizga qimmatlaşdi.

Narxlarning keskin kötarilişi 17-sentabrdan boşlab birja savdolarida suyultirilgan gazni sotiş narxining ösişiga qöyilgan çeklovning bekor qilingani bilan boğliq bölişi mumkin.













