Jahon | 00:24 / 11.02.2018
13426
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyaning Afrinida bir kun ichida 7 nafar turk harbiysi halok bo‘ldi

Foto: AP Photo

Suriyaning Afrin shahrida Turkiya qurolli kuchlari kurd qurolli tuzilmalariga qarshi olib borayotgan harbiy amaliyot davomida bir kun ichida 7 turk harbiysi halok bo‘ldi. Bu haqda 10 fevralda Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabida ma'lum qilindi. 

“10 fevralda “Zaytun shoxi” amaliyoti davomida yana ikki jangovar birodarimiz halok bo‘ldi, 4 nafari yaralandi. PYD (“Demokratik ittifoq” kurd partiyasi), YPG (kurdlarning mudofaa kuchlari) va IShID terrorchilik guruhlarining 11 a'zosi yo‘q qilindi”, deb ma'lum qilingan xabarda.

10 fevralda avvalroq 5 turk harbiysi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Ulardan 2 nafari Suriya bilan chegarada ATAK vertolyoti falokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lgan uchuvchilar bo‘lgan.

Shu tariqa, amaliyot boshlangan 20 yanvardan boshlab turk armiyasi 26 nafar harbiyni yo‘qotgan, 70 dan ko‘proq harbiy jarohat olgan.

Mavzuga oid