Turkiya tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan Suriya muxolifat kuçlari hamda turkiyalik harbiylar Suriya şimolidagi Afringa kirdi.
En-Ti-Vi telekanali ma'lumotiga köra, Suriya muxolifati kuçlari yakşanba kuni tongida şaharning janubi-şarqidan şahringa kirişgan. Ayni vaqtda şaharda portlaşlar va öq ovozlari eşitilişi davom etmoqda. Şahar ustida Turkiya harbiy samolyotlari uçib ötib turibdi.
Şaharni oliş uçun janglar davomida kurd harbiylaridan 1500 nafari yöq qilingani aytilmoqda.
Ayni vaqtda Afrinda Turkiya va Suriya muxolifati bayroqlari osilmoqda.

Turkiya armiyasi Afrinni mart oyi boşida qamal qilgandi, kurdlarga qarşi «Zaytun novdasi» nomli harbiy amaliyot şu yil 20 yanvarida boşlangandi. Turkiya kurdlarning harbiylaşgan guruhlarni terrorçilar deb hisoblaydi.












