Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Suriya şimoli-ğarbidagi Afrin şahrining terrorçilardan ozod qilingani haqida e'lon qildi. "Anadolu" agentligi şu haqida xabar berdi. 

18 mart soat 08:30 holatiga Turkiya harbiy kuçlari va Suriya muxolifati otryadlari Afrin şahrini terrorçilardan tozalaşga muvaffaq bölişdi, dedi prezident Çanoqqal'adagi ğalabaning 103 yilligiga bağişlangan tadbirda. 

"Afrin şahri uzra terrorçilarning iflos ramzlari emas, barqarorlik va xavfsizlik ramzi bölgan bayroqlar hilpiramoqda. Hozir Afrinda Turkiya va Suriya ozodlik armiyasining bayroqlarini köriş mumkin", - dedi Erdöğan.

Prezidentning sözlariga köra, turk xalqi Çanoqqal'a jangidagi kabi mamlakat içida ham, taşqarisida ham adolatsizlikka qarşi qat'iy kuraşni davom ettirmoqda.

Erdöğan Anqara Suriya şimoli-ğarbining terrorçilar xatti-harakatlaridan keyingi asoratlarini bartaraf etiş va mintaqa infratuzilmasini qayta tiklaş uçun imkon  qadar harakat qilişiga va'da berdi. 

"Biz suriyalik qoçqinlarning tez orada vataniga qaytişini ta'minlaşga qaratilgan çoralarni köramiz", - dedi Turkiya davlat rahbari.