8 yoşli bolakay taqdiridagi xastalik haqida yozganimiz esingizdami? Öşanda Muhammadzohidning fikrlari bizni çuqur öyga toldirgandi. Yoş bölsa-da, kattalarday fikrlaydigan bu bolakayning erta ulğayişiga şu xastalik sabab bölganmikan, degan fikr xayoldan ham ötdi. Hatto Alloh saqlasinu vafot etsa, qayerga dafn etişlarini ham aytgan Muhammadzohid barçamizni fikrlaşga undagandi. Zudlik bilan xayriya aksiyasini taşkil etdik. Bir muddat poytaxtimizda muolaja işlari olib borildi.
Biroq bu muolajalardan butkul soğayib ketişning imkoni bölmadi. Murakkab jarrohlik amaliyoti xavfli edi. Na iloj, şifokorlarimiz qölidan kelgan barça işni qildi. Muhammadzohidning ota-onasi esa Allohdan umidini uzganlari yöq. Kuni keça ular Hindistonga yöl olişdi. Hindistonlik şifokorlar jarrohlik amaliyotini ötkaziş mumkinligi ta'kidlaşmoqda. Yaxşi niyat va umid bilan ularni safarga kuzatdik.

- Xudo xohlasa kutganimiz, niyat qilganimiz bugunga nasib qilgan ekan, mana, öğlimizni olib Hindistonga yöl olyapmiz, - dedi Muhammadzohidning otasi Davron Erdanov. – Bizga şu vaqtga qadar ham moddiy, ham ma'naviy yordam berganlar baraka topişsin. Bizga har tomonlama dalda berganlarga katta rahmat aytaman. Duo qilib turişlarini sörab qolardik. Alloh barçamizga çiroyli holatda, yaxşi kunlarda körişişni nasib etsin.

Bolakayning közlaridan ulkan orzular va buyuk işlar möralab turibdi. Irodasiga, matonatiga, sabriga qoyil qolasan kişi. Azizlar, taşkil etilgan xayriya aksiyamiz davom etadi. Hurmatli yurtdoşlar, keling, Muhammadzohidni tezroq şifo topişini istab, çin yurakdan duo qilaylik. Xayriya aksiyasida faol iştirok etaylik. Barçamizdan Yaratgan rozi bölsin.













