Ispaniya çempionatining 23-turida «Barselona» «Xetafe»ni yenga olmadi. «Kamp Nou» stadionida keçgan uçraşuvda hisob oçilmay qoldi - 0:0.

Şu tariqa, katalonlar jamoasi Primera öyinida qatorasiga ikkinçi öyinda oçko yöqotdi. Ötgan turda «Barselona» «Espanol» uyida ğalaba qozona olmagandi (1:1). «Xetafe» Ispaniya çempionatida qatorasiga törtinçi öyinda durang öynadi.

«Barselona» endilikda 59 oçkosi bilan turnir jadvalida peşqadamlikni davom ettirmoqda, ikkinçi örindagi «Atletiko» bilan oradagi farq 7 oçkoni taşkil qilmoqda, «Xetafe» 30 oçkosi bilan öninçi örinda.

Ispaniya çempionati
23-tur
Barselona – Xetafe 0:0 (0:0, 0:0)
Barselona – ter Stegen, Din, Mina, Alba, Serdji Roberto, Buskets (Paulino, 82), Rakitiç, Koutino (Inesta, 62), Messi, Suares, Pako Alkaser (Dembele, 63).
Xetafe – Guaita, Bruno Gonsales, Antuneş, Suares, Dakonam, Portilo, Arambarri, Fajr, Sibasaki (Kabrera, 88), Dediu (Molina, 85), Anxel (Flamini, 78).
Ogohlantirişlar: Arambarri (44), Buskets (54), Antuneş (65), Mina (90), Guaita (90).