Bloomberg agentligi yangi «Robin Gud indeksini» tuzib çiqdi.

Uşbu indeksda ekspertlar turli davlatlar hukumatlari, agarda barça byudjyet xarajatlari uçun uning eng boy odami pul tölaganida qança işlaşi mumkin ekanini hisob-kitob qilib çiqişdi.

«Robin Gud indeksi»dan 49 davlat joy oldi.

Ma'lum bölişiça, öz hukumatiga eng uzoq vaqt davomida Kiprning eng boy odami Jon Fredriksen homiylik qilişi mumkin ekan. Davlat uning boyligi tufayli 441 kun töxtovsiz işlaşi ehtimolga yaqin. Ekspertlarning aniqlik kiritişiça, bunday natija Kipr aholisining soni nisbatan kam ekani va uşbu davlatdagi ijtimoiy xarajatlar yuqori emasligi bilan boğliq.

Öz navbatida, Xitoy, Yaponiya va Polşadan bölgan milliarderlar öz hukumatlarini faqat tört kun moliyalaştira olar ekan.