Mobile Photography Awards taşkiloti mutaxassislari smartfonlar yordamida olingan eng yaxşi suratlarning 2017 yilgi tanloviga yakun yasaşdi. Unga köra, Huawei fotolar uçun eng yaxşi smartfon nomini Apple’dan tortib oldi.

Taşkilot xodimlari Londonda yaşovçi xitoylik Nan Den tomondan olingan suratlarning sifatini yuqori baholaşgan. Uning Huawei Mate 9 va Huawei P10 smartfonlarida olingan suratlarning yuqori sifati mutaxassislarning hayratiga sabab bölgan. Ular smartfonda qanday qilib bunday ajoyib sifatdagi suratlarni oliş mumkinligidan hayratlanişgan. Apple qurilmalarida olingan suratlar ham yuqori baholangan, biroq 2-öringa loyiq deb topilgan.

Ta'kidlaş joizki, mutaxassislar Xitoy smartfonlari ba'zi jihatlari böyiça borgan sari Apple qurilmalaridan ustunlikka erişayotganini tan olişmoqda. Avvalroq OnePlus kompaniyasining yangi gadjyetida paydo böladigan yuzni taniş funksiyasi ta'rifga köra Apple’nikida yaxşiroq işlaşi haqida ma'lum qilingandi.