Janubiy Koreya poytaxti Seulda Şimoliy Koreyaning musiqiy guruhi iştiroq etişi kerak bölgan maydonda norozilik namoyişlari bölib ötdi. Şimolga qarşi qaratilgan namoyişlar davomida Şimoliy Koreya bayroği yoqib yuborilgan. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda.  

Mahalliy politsiyaning ma'lum qilişiça, şahar markazida 1,3 mingga yaqin odam yiğilib, şimoliy koreyalik sportçilarning Olimpiadada birlaşgan Koreya jamoasi tarkibida öynayotganiga qarşi norozilik bildirişgan. Ma'lum qilinişiça, Şimoliy Koreya bayroğidan taşqari, namoyişçilar şimollik muxlisalarni tasvirlovçi niqoblarni hamda birlaşgan Koreya bayroğini yoqişgan. Politsiya ötöçirgiçlar yordamida olovni öçirişga harakat qilgan, biroq namoyişçilar tomondan qarşilikka uçragan.

Bundan taşqari, namoyişçilar Şimoliy Koreyaning birinçi rahbari Kim Ir Sen va amaldagi yetakçisi Kim Çen Inning suratlarini yoqişga harakat qilişgan, biroq bunga politsiya yöl qöymagan.