Amerikalik milliarder Jorj Soros Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqişi (Brexit) bilan kuraş olib olib borayotgan guruhga qöşimça pullar ajratişga va'da berdi. Guruh bu qadamga qarşi jamoatçilik fikrini tiklaşga urinmoqda, deb xabar qildi Independent.

Xabar qilinişiça, Soros bir hafta muqaddam uşbu maqsad uçun 400 ming funt sterling xayriya qildi. Bu esa Brexit tarafdorlarining qat'iy noroziligiga sabab böldi.

Taxminlarga köra, bunday investitsiyalar haqidagi qaror milliarder Londondagi uyida nufuzli olti nafar konservator bilan uçraşganidan söng qabul qilingan.

Forbes ma'lumotlariga köra, Sorosning boyligi 25,2 mlrd dollar (18 mlrd funt)ga baholanadi, u dunyodagi eng badavlat insonlar röyxatida 29-örinni egallab turibdi.