Amerika Qöşma Ştatlari IŞID terrorçilik guruhi bilan kuraş böyiça Turkiyaga qarşilik körsatişga yönaltirilgan teatrni tugatişi kerak. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ma'lum qildi.

«Sizlar (AQŞ) IŞIDga qarşi kuraşayotganingizni aytmoqdasiz. IŞIDning qança a'zosini yöq qildingiz? IŞIDga qarşi kuraşganlar hozir Turkiyaga qarşi kuraşmoqda. Heç kimning IŞIDdan sabab sifatida foydalanişga haqi yöq. IŞID bilan bu teatrni tugatiş, niqoblarni yeçiş payti keldi», - deya Erdöğanning sözlarini keltirgan RIA Novosti.

Uning sözlariga köra, Amerika hukumati suriyalik kurdlarning özini özi mudofaa qiliş kuçlariga yordam uçun 550 mln dollar sarfladi, bu summa 3 mlrd dollarga qadar oşişi mumkin.

«Bizga: «Agarda bizga zarba berişsa, qat'iy javob qaytaramiz» deyişmoqda. Buni aytayotganlar usmonlilar muştini heç qaçon körmagan», - deya xulosa qilgan Turkiya prezidenti.